🔰Ijtimoiy himoya — deputatlar e’tiborida
♻️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati O. Sherov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida “Zarafshon” mahallasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi.
♻️O‘rganish davomida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligini ta’minlash, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.
♻️Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash va ularning turmush sharoitini yaxshilash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.
♻️Deputatlik nazorati doirasida aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish ishlari davom ettiriladi.
👉O‘rganishlar davom etmoqda...
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt