Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔰Deputatlik maqomi va mas’uliyati — doimiy e’tiborda

🔰Deputatlik maqomi va mas’uliyati — doimiy e’tiborda

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L. Behbudova tashabbusi bilan Zarafshon mahallasi hududida joylashgan 1-son texnikumda barcha deputatlar hamda tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi ishtirokida targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi.
🏦Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrdagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi 706-II-sonli Qonuni mazmun-mohiyati, uning ijrosini tumanda ta’minlash hamda deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
🏦Ta’kidlanganidek, deputatning o‘z huquq va vakolatlarini chuqur bilishi, saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lishi, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganishi hamda ularning yechimi yuzasidan ta’sirchan deputatlik nazoratini amalga oshirishi muhim ahamiyatga ega.
🏦Shuningdek, deputatlik so‘rovlaridan samarali foydalanish, saylovchilar oldidagi mas’uliyatni yanada oshirish, qonunchilikda belgilangan vakolatlarni to‘liq ro‘yobga chiqarish borasida fikr va mulohazalar bildirildi.
🏦Yig‘ilish yakunida Qonun talablariga qat’iy rioya etish, deputatlik faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va natijadorlikni ta’minlash, aholi muammolarini hal etishda deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
🏦Qonun ijrosi — mas’uliyat va natijadorlik garovi!

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 4