Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“FUQAROLAR TASHABBUSI” JAMG‘ARMASIGA 302,3 MILLION SO‘M MABLAG‘ YO‘NALTIRILDI

“FUQAROLAR TASHABBUSI” JAMG‘ARMASIGA 302,3 MILLION SO‘M MABLAG‘ YO‘NALTIRILDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 19-oktabrdagi VII-35-130-7-101-K/26-son qarori bilan tuman mahalliy budjetining 2026-yil I va II chorak daromadlar rejasi ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklif ma’qullandi.

💸 Qarorga muvofiq, 302 mln 371 ming so‘m mablag‘ tuman hokimligi huzuridagi “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasiga yo‘naltirilishi belgilandi.
📑 Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasi, Prezidentning 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-son hamda 2025-yil 25-dekabrdagi PQ-387-son qarorlari va boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq qabul qilindi.
🤩 Qarorda mablag‘lardan belgilangan tartibda, maqsadli va samarali foydalanish, moliyalashtirish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish hamda budjet xarajatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish vazifalari belgilangan.

👍 Mazkur mablag‘larning jamg‘armaga yo‘naltirilishi fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va aholini budjet jarayonlarida faol ishtirok etishiga ko‘maklashishga xizmat qiladi.