MAHALLIY BUDJETNING QO‘SHIMCHA MABLAG‘LARI YO‘NALTIRILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 19-oktabrdagi VII-35-131-7-101-K/26-son qarori bilan tuman mahalliy budjetining ikkinchi hisobot choragi yakunlari bo‘yicha prognozdan ortiq bajarilishi hisobidan qo‘shimcha mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklif ma’qullandi.
💸 Qarorga muvofiq, jami 3 mlrd 716 mln 256 ming so‘m mablag‘ quyidagi yo‘nalishlarga ajratilishi belgilandi:
➕ Sog‘liqni saqlash sohasi — 321,5 mln so‘m. Tuman tibbiyot muassasalari uchun lift sotib olish va o‘rnatish bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlikni qoplash xarajatlariga.
🎓 Maktabgacha va maktab ta’limi sohasi — 1 mlrd 5 mln so‘m. 7 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti va 17 ta umumta’lim maktabiga jami 67 dona yangi issiqlik qozonlarini sotib olish va o‘rnatish xarajatlariga.
😀 Ta’lim muassasalarining issiqlik tizimlarini ta’mirlash — 1 mlrd 17 mln 955 ming so‘m. Jumladan, 37-, 73-, 75-, 81-, 86-, 97-, 113- va 126-umumta’lim maktablarining issiqlik tizimlarini ta’mirlashga.
🛣 Obodonlashtirish ishlari — Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida 22 ta mahalladagi 26 ta ichki ko‘chani joriy ta’mirlash uchun asfalt qorishmasi xarajatlarining yetishmayotgan qismini qoplashga mablag‘ yo‘naltirish nazarda tutilgan.
✅ Qarorda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli, to‘g‘ri va samarali foydalanish, tegishli moliyaviy hujjatlarni rasmiylashtirish hamda budjet xarajatlariga belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritish vazifalari belgilandi.
✅Mazkur qaror aholi uchun ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash, ta’lim muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash hamda mahallalardagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️