Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

BOLA HUQUQLARI — DOIMIY E’TIBORDA!

 BOLA HUQUQLARI — DOIMIY E’TIBORDA!

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi J. Xudoyev yoshlar bilan uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-sonli Qonunining mazmun-mohiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
🧒Muloqotda bolalarning ta’lim olish, sog‘lom voyaga yetish, o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi kafolatlarining ahamiyati ta’kidlandi. Shuningdek, yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning fikr va tashabbuslariga quloq tutish muhimligi qayd etildi.
🧒“Har bir bolaning huquqi himoyalangan, orzu-intilishlari qo‘llab-quvvatlangan jamiyatning kelajagi mustahkam bo‘ladi!”
🧒Bola huquqlarini ta’minlash — nafaqat qonun talabi, balki kelajagimiz oldidagi umumiy mas’uliyatimizdir.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 3