Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida
янв.21
VATANGA SADOQAT — YUKSAK BURCH!
янв.21
🕌“Chibirdon ota — Shoh Abdurahmon Vali” ziyoratgohi: obodonlashtirish ishlari deputatlar e’tiborida
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida

🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati tomonidan Boliob mahallasida elektr ta’minoti infratuzilmasining holati o‘rganilib, aholi xavfsizligini ta’minlash va elektr tarmoqlaridan foydalanishda belgilangan talablarga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚡️O‘rganish davomida mahalladagi ayrim elektr tarmoqlarida eskirgan simyog‘ochlarni yangilash, havo elektr uzatish liniyalarini belgilangan tartibda ko‘zdan kechirish va joriy ta’mirlash zarurligi aniqlandi. Shuningdek, transformatorlarning atrofi himoya to‘siqlari bilan o‘ralmagani, eshiklariga qulflar o‘rnatilmagani elektr xavfsizligi talablariga rioya etish borasida kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi.
⚡️Mazkur holatlar fuqarolar, ayniqsa, bolalar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Shu bois elektr qurilmalari va tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, xavfsizlik choralarini kuchaytirish hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish muhim ahamiyatga ega.
⚡️O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-939-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari I. Ergashev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
⚡️So‘rovda eskirgan simyog‘ochlarni yangilash, havo elektr uzatish liniyalarini ko‘zdan kechirish va zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, transformatorlarni himoya to‘siqlari bilan o‘rash hamda eshiklariga qulflar o‘rnatish, elektr qurilmalaridan xavfsiz foydalanishni ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.
⚡️Deputatlik nazorati davom etadi. Belgilangan talablarning bajarilishi, aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi va aholi uchun xavfsiz elektr ta’minoti sharoitlarini yaratish masalasi nazoratda bo‘ladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 2