🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Boliob” mahallasida yoshlarga ajratilgan imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish holati o‘rganildi.
🤑O‘rganish davomida kredit mablag‘larining belgilangan yo‘nalishlarda sarflanishi, yoshlar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan tadbirkorlik faoliyati hamda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
🤑Deputatlik nazorati doirasida imtiyozli kreditlarning yoshlar bandligini ta’minlash, yangi daromad manbalarini yaratish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdagi samaradorligi muhim mezon sifatida belgilandi.
🤑O‘rganishlar davom etmoqda.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt