Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida
янв.21
⚡️ ICHKI YO‘LLAR HOLATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
🕌“Chibirdon ota — Shoh Abdurahmon Vali” ziyoratgohi: obodonlashtirish ishlari deputatlar e’tiborida
🔰MEHNAT YARMARKASI — AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘LIDA MUHIM QADAM

🔰MEHNAT YARMARKASI — AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH YO‘LIDA MUHIM QADAM

🌏O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash, fuqarolarni ish bilan band qilish hamda ishsizlikni kamaytirish maqsadida Jondor tumanida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
🌏Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Sh. Boboyev tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbir aholining bandligini ta’minlash, ish izlayotgan fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish va ularning munosib ish topishiga ko‘maklashishga qaratildi.
🌏Mehnat yarmarkasi davomida fuqarolarga ish beruvchilar tomonidan taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berilib, ishga joylashish imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar, kasb-hunarga o‘qitish va bandlikni ta’minlashga oid imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.
🌏Deputat Sh. Boboyev aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlariga e’tibor qaratish hamda ishga joylashtirish jarayonlarini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish zarurligi qayd etildi.
🌏Bunday tashabbuslar aholining iqtisodiy faolligini oshirish, oilalar farovonligini mustahkamlash va tumanda bandlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
👉Deputatlik nazorati davom etadi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 4