Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
⚡️ ICHKI YO‘LLAR HOLATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot – deputatlar e’tiborida
янв.21
🕌“Chibirdon ota — Shoh Abdurahmon Vali” ziyoratgohi: obodonlashtirish ishlari deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida
#haftalik_ish_reja_ijrosi #162_qonun #biriktirilgan_tashkilot “Navro‘z” mahallasida yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi o‘rganildi

Yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, 10-“Navro‘z” saylov okrugi deputati X.Xolmuminov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirokida “Navro‘z” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i F.Xalmuratov ham ishtirok etib, mahallada yoshlar bilan ishlash tizimining amaldagi holati yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi doirasida tashkil etildi. Unda mahalladagi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish, zamonaviy kasblarni egallashiga ko‘maklashish hamda bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Jumladan, yoshlar yetakchisining faoliyati, yoshlar bilan individual ishlash amaliyoti, ularning qiziqish va intilishlarini o‘rganish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.

Ishsiz va band bo‘lmagan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ham o‘rganishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Xususan, ularni kasb-hunarga o‘qitish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan samarali foydalanishiga ko‘maklashish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yoshlarning murojaatlari, ularni qiynayotgan muammolar hamda davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish holati tahlil qilinib, yoshlar bilan ishlashda manzillilik, individual yondashuv va natijadorlikni yanada oshirish zarurligi qayd etildi.

O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisi faoliyatini takomillashtirish, yoshlarning ta’lim olishi va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni munosib ish bilan ta’minlash hamda ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlik nazorati — mavjud muammolarni aniqlash bilan birga, ularning amaliy yechimiga ko‘maklashish vositasidir. Shu kabi nazorat-tahlil tadbirlari mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va kelajakka bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Yoshlar — mahalla taraqqiyoti, yurt kelajagi va bunyodkor kuchidir!