Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida
янв.21
⚡️ ICHKI YO‘LLAR HOLATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
🕌“Chibirdon ota — Shoh Abdurahmon Vali” ziyoratgohi: obodonlashtirish ishlari deputatlar e’tiborida
#deputat_vazifalaridan

- o'z nutqida deputatlarning yoki boshqa shaxslarning sha'ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro'siga putur yetkazadigan qo'pol, haqoratomuz ibora va so'zlarni, imo-ishoralarni qo'llamasligi;

- sessiya, majlislarni o'tkazishga xalaqit beradigan harakatlarga yo'l qo'ymasligi — so'zga chiqqanlarning so'zini bo'lmasligi, Kengash faoliyatiga oid qonunchilikda nazarda tutilgan tartibga zid ravishda o'z fikrini bayon qilishga urinmasligi;

- baqirmasligi, muhokama etilayotgan masala yuzasidan so'zga chiqqanlarning o'z nuqtai nazarini erkin bayon etishiga to'siqlar vujudga keltirmasligi;

- turli uzrsiz sabablarga ko'ra majlislar zalidan namoyishkorona chiqib ketmasligi;

- kun tartibidagi muhokama qilinayotgan masaladan imkon qadar chetga chiqib so'zlamasligi, biror shaxsning sha'ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro'siga putur yetkazuvchi asossiz ayblovga yo'l qo'ymasligi;

- so'zga chiqish, deputatlik faoliyatining boshqa shakllarini amalga oshirish chog'ida bila turib yolg'on va (yoki) noto'g'ri axborotdan foydalanmasligi;

- Kengash Reglamenti va ushbu Qoidalarning talablarini buzadigan boshqa xatti-harakatlarni sodir etmasligi kerak.

Deputatning deputatlik faoliyatidagi tashqi ko'rinishi va kiyinish uslubi aholining Kengashga hurmatini, shu jumladan deputatning nufuzini oshirishga xizmat qilishi kerak.

Deputat o'z deputatlik faoliyati davomida uning vakolati va shaxsini tasdiqlovchi hujjat hisoblangan guvohnomani o'zi bilan birga olib yurishi, ko'krak nishonini ko'krakning chap tomoniga taqib yurishi shart.

✅ Deputat ushbu Qoidalarning 9-bandida nazarda tutilgan xatti-harakatlarni sodir etgan taqdirda, tegishli sessiya yoki majlisda raislik qiluvchi:

- bunday qoidabuzarliklarga yo'l qo'yib bo'lmasligi to'g'risida deputatni ogohlantirishga;

- deputatni so'zlash huquqidan mahrum qilishga;

- deputatdan majlislar zalini tark etishni talab qilishga;

- Kengashning Odob-axloq masalalari bo'yicha komissiyasidan (bundan buyon matnda Odob-axloq komissiyasi deb yuritiladi) deputatning xatti-harakatlariga baho berishni so'rashga haqli.

✅ Deputat sessiya yoki majlisda shaxsan ovoz berishi shart.

Manba: O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalari.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1