Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida
янв.21
⚡️ ICHKI YO‘LLAR HOLATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
VATANGA SADOQAT — YUKSAK BURCH!
янв.21
🔰Ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Kotib

225-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Kengashning 6-Sayram okrugi deputati Shoanvar Shomaxmudov 225-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida maktab binosining isitish tizimi, qozonxona holati, elektr ta’minoti, deraza va eshiklarning issiqlikni saqlash darajasi hamda sinf xonalarida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, qish mavsumida ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, o‘quvchilar va pedagoglar uchun qulay harorat sharoitini yaratish hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mavsumga tayyorgarlik ishlarini belgilangan talablar asosida yakunlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4