Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida
янв.21
🔰Ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🕌“Chibirdon ota — Shoh Abdurahmon Vali” ziyoratgohi: obodonlashtirish ishlari deputatlar e’tiborida
TOSHKENT SHAHRIDAGI KO‘P KVARTIRALI TURAR JOYLARDA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

#SAVOL_JAVOB #19_1_Modda_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun_ijrosi

❗️ TOSHKENT SHAHRIDAGI KO‘P KVARTIRALI TURAR JOYLARDA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, adliya podpolkovnigi Razikov Dilshod Baxtiyerevich hamda Mirzo Ulug‘bek tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Jo‘rayev Farhod Mehmonqo‘ziyevichga ko‘p kvartirali turar joylarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi o‘rtasida profilaktika tadbirlarini kuchaytirish masalalari yuzasidan savol yo‘lladi.

🗣 SAVOL: Deputat Sergey Mironov Toshkent shahridagi ko‘p kvartirali turar joylarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlash, uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi kompaniyalar bilan hamkorlikda profilaktika tadbirlarini tashkil etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda xonadonlarda elektr energiyasi va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilayotgani yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, adliya podpolkovnigi Dilshod Razikov hamda Mirzo Ulug‘bek tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Farhod Jo‘rayevga savol yo‘lladi.

🔺 JAVOB: Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, adliya podpolkovnigi Dilshod Razikov mazkur masalalar yuzasidan ma’lumot berib, poytaxtdagi ko‘p kvartirali turar joylarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli profilaktika tadbirlari amalga oshirilganini ma’lum qildi.

💡 Jumladan, mazkur tadbirlarga 127 nafar harbiy xizmatchi, shu jumladan, 93 nafar davlat inspektori va 34 nafar yong‘in-qutqaruv xizmati xodimi jalb etilgani qayd etildi.

🔎 O‘rganishlar davomida ko‘p kvartirali turar joylarda 6 983 ta yong‘in xavfsizligi talablariga zid kamchilik aniqlanib, ularning 5 881 tasi bartaraf etilgani ma’lum qilindi.

♻️ Shuningdek, aholining elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gazdan xavfsiz foydalanishini ta’minlash maqsadida 31 831 ta yakka tartibdagi uy hamda ko‘p kvartirali turar joylardagi 50 360 ta xonadonda profilaktika tadbirlari o‘tkazilgani ta’kidlandi.

📝 Ko‘p kvartirali uylarning 572 ta kirish qismi va yo‘laklarida birlamchi o‘t o‘chirish vositalari hamda tegishli yo‘riqnomalar o‘rnatilgani, shuningdek, 4 333 ta xonadonda gaz analizatorlari, 4 135 ta xonadonda tutun aniqlovchi va 226 ta xonadonda is gazini aniqlovchi moslamalar o‘rnatilgani qayd etildi.

⚙️ Bundan tashqari, 14 ta xonadonda nosoz elektr rozetkalaridan, 1 ta xonadonda nosoz gaz shlangidan foydalanish to‘xtatilib, 1 203 ta xonadonning ventilyatsiya tizimida tozalash ishlari olib borilgani ma’lum qilindi.

✅ Mazkur masalalar yuzasidan ko‘p kvartirali turar joylarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda boshqaruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda aholi xavfsizligiga qaratilgan profilaktika tadbirlarini davom ettirish muhimligiga e’tibor qaratildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1