Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida
янв.21
VATANGA SADOQAT — YUKSAK BURCH!
янв.21
⚡️ ICHKI YO‘LLAR HOLATI — DEPUTAT NAZORATIDA
#Oltinsoy_tuman_Kengashi #Deputatlar_faoliyati #OAV_Xabar #Xalq_bilan_muloqot

#Oltinsoy_tuman_Kengashi #Deputatlar_faoliyati #OAV_Xabar #Xalq_bilan_muloqot

📌 XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI

(2026-yil 12–16-oktabr kunlari)

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash kotibiyati xodimlari tomonidan joriy haftada amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar va tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Hafta davomida quyidagi tadbirlarni o‘tkazish va o‘rganishlar olib borish rejalashtirilgan:

🗓 12-oktabr, dushanba:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan taqdim etilgan 24 ta muhim tavsiyaning ijrosini ta’minlash maqsadida 5-Mirshodi saylov okrugi deputati Bozorov Isroil Ochildiyevich tomonidan o‘z saylov okrugida o‘rganish ishlari olib boriladi.

🗓 13-oktabr, seshanba:

Senat tavsiyalari ijrosi yuzasidan 10-Yangiqurilish saylov okrugi deputati Mustafaqulov Murodilla Bohodirovich tomonidan o‘z saylov okrugida tegishli o‘rganishlar o‘tkaziladi.

🗓 14-oktabr, chorshanba:

Belgilangan 24 ta muhim tavsiya ijrosi doirasida 18-Olmazor saylov okrugi deputati Xo‘jaqulov Xurram Ziyatovich tomonidan o‘z saylov okrugida o‘rganishlar tashkil etiladi.

🗓 15-oktabr, payshanba:

Hududlardagi o‘rganishlar davomida aholidan tushgan murojaatlar va aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini chiqarish va ularning ijrosini qat’iy nazoratga olish ishlari olib boriladi.

🗓 16-oktabr, juma:

Tasdiqlangan grafik asosida bevosita joylarga chiqish, aholi murojaatlarini atroflicha o‘rganish va aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etish choralarini ko‘rish rejalashtirilgan.

👥 Barcha tadbirlar ijrosiga mas’ullar:

Kengash kotibiyati xodimlari M.Xujanov, A.Esonov va I.Roziqov.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1