Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida
янв.21
⚡️ ICHKI YO‘LLAR HOLATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
🕌“Chibirdon ota — Shoh Abdurahmon Vali” ziyoratgohi: obodonlashtirish ishlari deputatlar e’tiborida
Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

#live #sessiya #poytaxtdeputatlari

❗️ Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🏛 Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining III chaqiriq 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov ham faol ishtirok etib, kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar yuzasidan muhokamalarda qatnashdi.

🔺 Sessiyada dastlab Bektemir tumani mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish hamda “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil ikkinchi mavsumi doirasida deputat tashabbusi asosida qo‘shimcha g‘olib deb topilgan loyihalarning manzilli ro‘yxatini tasdiqlash va moliyalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

🏫 Shuningdek, tumanda maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga tayyorgarlik, hududdagi sanitariya-epidemiologik holat hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bo‘yicha mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglandi.

💡 Sessiya davomida tashqi reklama va e’lonlarni milliy madaniyat hamda davlat tili me’yorlari asosida tartibga solish, hududdagi reklama, banner va e’lonlarning o‘zbek tili, adabiy hamda estetik talablarga muvofiqligini ta’minlash masalalari ham muhokama qilindi.

🤝 Bundan tashqari, Bektemir tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamning samaradorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Kengash sessiyalarida aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha Prezidentning Bektemir tumanidagi Xalq qabulxonasi axborotlarini, hokim hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish tartibini tasdiqlash masalasi muhokama qilindi.

💬 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov sessiya davomida kun tartibidagi masalalar muhokamasida faol ishtirok etib, hududni rivojlantirish, mavjud muammolarga manzilli yechim topish hamda belgilangan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi.

✅ Sessiya yakunida kun tartibiga kiritilgan masalalar deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 9