Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar e’tiborda
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun targ‘ib qilindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Yangi ish o‘rinlari yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
Pochchoyi mahallasida o‘rganish
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga FHDYO xizmatlari ko‘rsatilishi deputat e’tiborida
янв.21
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Aholi murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
🔰Kambag‘allikni qisqartirish – deputatlar e’tiborida
Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘lar yo‘naltirilishi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibidan Qo‘qon shahar mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi o‘rin oldi. Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlarning ehtiyojlari, mavjud moliyaviy imkoniyatlar hamda mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida byudjet kodeksining tegishli moddalariga muvofiq, byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar qisqartirilishi natijasida bo‘shab qolgan mablag‘larni yo‘naltirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Umumiy hisobda 2 milliard 26 million so‘m mablag‘ni tegishli yo‘nalishlarga ajratish nazarda tutilgani qayd etildi.

Jumladan, shahar hokimligi hokim yordamchilarining yillik yakuniga qadar ish haqi va yagona ijtimoiy to‘lov xarajatlarining bir qismini moliyalashtirishga 250 million so‘m, shahar hokimligi xotin-qizlar yo‘nalishidagi xarajatlarni qoplashga 125 million so‘m, 1-sonli va 2-sonli sport maktablari uchun 250 million so‘mdan, 5-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiga 375 million so‘m, 6-sonli hamda 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktablariga 187 million 500 ming so‘mdan, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga 338 million 500 ming so‘m, shuningdek, shahar Axborot-kutubxona markaziga 62 million 500 ming so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan mablag‘larni belgilangan maqsadlar asosida yo‘naltirish, ularning samarali va manzilli sarflanishini ta’minlash yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6