Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Aholi bilan ochiq muloqot – muammolar e’tiborda
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun targ‘ib qilindi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Yangi ish o‘rinlari yaratish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
Pochchoyi mahallasida o‘rganish
янв.21
Ijtimoiy himoya reyestridagi fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan fuqarolarga FHDYO xizmatlari ko‘rsatilishi deputat e’tiborida
янв.21
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Aholi murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
🔰Gaz quvurlaridagi sizib chiqish holatlarining oldini olish – deputat e’tiborida
“To‘xlimergan” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati B.Usmonov tomonidan “To‘xlimergan” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularni hal etish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.

Aholi tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalardan biri Ko‘kalamzor ko‘chasini asfaltlashtirish bilan bog‘liq bo‘ldi. Fuqarolar mazkur ko‘chaning mavjud holati transport vositalari qatnovi va piyodalar harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirayotganini bildirib, ko‘chani ta’mirlash hamda asfalt qoplamasi yotqizish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini so‘radilar.

Mazkur murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, hududdagi yo‘lning holati, aholi uchun yuzaga kelayotgan noqulayliklar va masalani hal etish imkoniyatlari yuzasidan tegishli ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.

Murojaatni qonunchilik doirasida hal etish, tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish hamda masalaning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5