#deputat_faoliyati
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati – deputat e’tiborida
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Q. Safarov tomonidan hududda aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayoni, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, xizmatlardan foydalanish uchun yaratilgan sharoitlar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va qulayligi masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqarolarga qulaylik yaratish, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish, xizmatlardan elektron shaklda foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda murojaatlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli mas’ullarning faoliyati o‘rganildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga davlat xizmatlarini sifatli va tezkor ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilandi.
Deputatlik nazorati doirasidagi o‘rganishlar davom etmoqda.
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt