35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ezgu tashabbus — bolajonlarga unutilmas sunnat to‘yi
янв.21
“Aleli” mahallasida yangi guzar bunyod etilmoqda
янв.21
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va takliflar tinglandi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni olib chiqish xizmatlari tariflari ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi keng muhokama qilindi
янв.21
Elektr ta’minotidagi muammo deputat nazoratiga olindi
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 8-Oxshix saylov okrugidan saylangan deputat X. Xodjayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodovlar hamkorligida saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
✔️Uchrashuv davomida saylovchilarning fikr-mulohazalari, taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan ochiq va samimiy muloqot olib borildi. Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarning yechimini topish, ularni tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirish va ijrosini nazoratga olish muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi.
✔️Shuningdek, deputat X. Xodjayev saylovchilar bilan bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini joyida o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
✔️Uchrashuv yakunida bildirilgan taklif va murojaatlarning ijrosini ta’minlash, ularni nazoratga olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Bunday muloqotlar saylovchilar va deputatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3