Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Namgoni mahallasidan o‘tuvchi ariqni betonlashtirish ishlari boshlandi.
янв.21
#_munosabat
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari O.Muzaffarova hamda M.Hojiyevalar nogironligi bo`lgan shaxslarni “Хalqaro nogironlar kuni” bilan tabrikladilar
янв.21
🔰"Бухоро сув таъминоти" Жондор филиали фаолияти депутатлар назоратида
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I.Xolov navbatdagi murojaatni joyida borib o`rgandi!
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Mavluda Xidirova “Paxlavon” mahallasining xotin-qizlar faoli G.Nazarovaning ish faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
#maromiylik
янв.21
🔰Депутат томонидан "Пўлоти" маҳалласида солиқ инспектори фаолияти ўрганилди.
янв.21
🌱Jondorda “Yashil makon” loyihasi doirasida mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.
Front ortida mehnat qilganlar qadrlanmoqda.

Yurtimizda o‘tgan aziz insonlarning xotirasini e’zozlash, bugungi tinch, osoyishta, dorilamon kunlarga etishimizda fidoyilik ko‘rsatgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front ortida mehnat qilgan faxriylar, nuroniy otaxonu onaxonlar holidan xabar olish, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish ezgu an’anaga aylangan.Har yili 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar respublikamizning barcha hududlarida ko‘tarinki ruhda o‘tkazib kelinayotir.Xotira va qadrlash tushunchalari zamirida insonga, uning hayoti, sha’ni va qadr-qimmatiga cheksiz ehtirom tuyg‘usi mujassam. Xotira va qadrlash kunlari arafasida bugungi tinch-osoyishta hayot, to‘kinlik va farovonlikka qanday og‘ir sinov va mashaqqatlar evaziga erishilgani xayolimizdan o‘tadi. Shu yo‘lda qurbon bo‘lgan millionlab yurtdoshlarimiz xotirasiga ta’zim qilamiz. Bizga nasib etgan mustaqillik, tinchlik va osoyishtalikning ahamiyatini yanada teranroq anglaymiz. Shu munosabati bilan "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan viloyat va tuman Kengashi deputatlari Jondor tumani "Qovchin" mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi front ortida xizmat qilgan Bobomurod ota SHomurodovni holidan xabar olib, bayram bilan tabrikladilar.

Slide 1 of 5