Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 24-Ushot saylov okrugidan saylangan deputat I.Ro‘ziyev tomonidan aholi murojaatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✔️Jumladan, “Istiqlol” mahallasi faollari bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan qonun ochiqligini ta’minlash yuzasidan mahallada axborot doskasi tashkil qilinishi, shuningdek axborotlar bilan boyitib borilishi va aholini yangiliklardan xabardor bo‘lishlari uchun shart-sharoitlar yaratilishi to‘g‘risida murojaat qilindi. Mazkur murojaatlarni atroflicha o‘rganish va ularga qonuniy yechim topish maqsadida 2026 yil 15 aprel kuni 41-ds-275-26-sonli qonun ochiqligini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
✔️Deputat so‘rovi asosida muammoning mazmun-mohiyatini o‘rganish, tegishli chora-tadbirlarni belgilash hamda ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilishi kutilmoqda.
✔️Bu kabi sa’y-harakatlar aholi murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish, fuqarolarning ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.