Yangiliklar

#deputatlar_hududlarda

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova hamda tuman Kengashi deputatlari H.Karayeva, U.Ro‘ziyev, I.Xolov, Sh.Teshayev va I.Ro‘ziyevlar “Istiqlol” mahallasiga tashrif buyurib, hududda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

✔️Tashrif davomida xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, shuningdek, kasanachilikni rivojlantirish orqali daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Ayniqsa, pilla qurti parvarishlashni yo‘lga qo‘yish orqali aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

✔️Deputatlar tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholini doimiy ish bilan ta’minlash va ularning turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 8