Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi
doimiy komissiyalar yig‘ilishi o‘tkazildi
🔷 Farg‘ona tuman hokimligining katta
majlislar zalida doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔷 Yig‘ilishda Prezident qarorlari ijrosi, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi,
2026-yil mahalliy byudjeti, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda “Ayollar
daftari” doirasida xotin-qizlar bilan manzilli ishlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tumandagi ayrim geografik
ob’ektlar nomlarini milliy me’yorlar asosida davlat reestriga kiritish yuzasidan
qarorlar qabul qilindi.
🔷 Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan
barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, ijrosi qat’iy nazoratga
olindi.