Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari O.Muzaffarova hamda M.Hojiyeva, O‘zbekiston XDP Jondor tumani Kengashi raisi B.Enazarov hamda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mas’ullari hamkorligida 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan bir guruh nogironlar ahvolidan xabar olindi.
🔹"Jondor" MFY Manqufi qishlog‘ida yashovchi 1-gurux nogironi Saloxiddinov Azizbek Alisher o‘g‘li kelgusi hayotdagi orzu havaslari bilan bo‘lishdi. "Mirzayon" MFY Arablar qishlog‘ida yashovchi 7-sinf o‘quvchisi Boltayev Habibullo Jafar o‘g‘liga deputat yordamida zamonaviy kompyuter jamlanmasi olib berishga kelishildi.
"Zarafshon" MFY Xalqobod ko‘chasida yashovchi 1947 yilda tug‘ilgan Qilich Fayziyev ahvolidan xabar olinib “Хalqaro nogironlar kuni” bilan tabrikladilar