Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasida eshituv bo‘lib o‘tdi.
Unda Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari U.Yuldashev va
Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i S.Kuchkarovlar hisobotlari eshitildi.
Doimiy komissiya a’zolari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.