SAYLOVCHI MUAMMOSI –
DEPUTATLAR E’TIBORIDA!
Xalqning ovozi – xalq
vakillari uchun eng katta mas’uliyatdir. Ochiq muloqot, xalq dardini eshitish
va uning yechimini topish – deputatlik faoliyatining yuragi hisoblanadi.
Shu maqsadda o‘tkazilgan
uchrashuvlar davomida tumanimizning Avval mahalla fuqarolari yig‘ini
hududidagi O‘qituvchilar ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar aholisi
deputatlarga yurakdosh muammolarini aytdi: yillar davomida ta’mirlanmagan,
sanitariya talablariga javob bermaydigan tashqi xojatxonalar fuqarolarga,
ayniqsa, bolalar va keksalarga katta noqulaylik va xavf tug‘dirmoqda.
Dolzarb masalalardan yana
biri – Dilkusho MFY hududidagi Islomobod, Paxlavonlar va Damariq
ko‘chalaridagi ma’nan va jismonan eskirgan simyog‘ochlardir. Ularning
holati nafaqat elektr ta’minotida uzilishlar, balki aholi hayoti uchun ham xavf
tug‘dirmoqda.
Xalq deputatlari Farg‘ona
tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi a’zolari Ozodaxon
Dadajonova va Shuxratjon Rahimov, fuqarolarning ko‘p
yillik murojaatlariga befarq qolmasdan, masalalarni hal etish uchun tuman
hokimining birinchi o‘rinbosari nomiga rasmiy deputatlik so‘rovi
kiritishdi.
Bu so‘rov – faqat qog‘ozda
qolmasligi, balki amalda ijrosini topishi uchun deputatlar nazoratida bo‘ladi.
Chunki xalq xavfsizligi va munosib turmushi – orqaga surib bo‘lmaydigan
vazifadir!