Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🗳️ DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI

 🗳DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI 

👤 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati X.Xo‘jaqulov tomonidan navbatdagi ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv mahalla yettiligi bilan hamkorlikda Oltinsoy tumanidagi “Ekraz” mahallasida bo‘lib o‘tdi. 

🗣Mazkur uchrashuv doirasida deputat saylovchilarning muammolari, taklif va mulohazalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tinglab, ochiq va samimiy muloqot olib bordi. 

📌 Mahalla fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar orasida: 

· 🛣Ichki ko‘chalarni asfaltlash 

· 🚶‍♂️ Katta yo‘l chetlarida piyodalar harakati uchun xavfsiz yo‘laklar tashkil etish 

· 🪜 Beton ustunlar o‘rnatish 

· Elektr tarmoqlarini yer osti kabellari orqali tartibga solish 

🔍 Mazkur infratuzilma va kommunal sohalarga oid muammolar alohida e’tibor bilan muhokama qilindi. 

Deputat X.Xo‘jaqulov, saylovchilarning har bir murojaatini diqqat markazida ushlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab oldi. 

📨 Xususan, belgilangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilot va korxonalarga rasmiy so‘rovnomalar tayyorlanib, yuborilishi kelishib olindi. 

📈 Bunday uchrashuvlar: 

· aholining turmush tarzini yaxshilash, 

· deputat va saylovchi o‘rtasida samarali aloqani mustahkamlash, 

· fuqarolarning davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga bo‘lgan ishonchini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🤝  

  • Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
Slide 1 of 5