Saylovchi muammosi – deputatlar e’tiborida!
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi a’zolari O.Dadajonova va Sh.Raximov tomonidan tuman hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar murojaatlari asosida amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari nomiga “Deputatlik so‘rovi” kiritildi.
🔹 Eslatma mas’ul rahbarlarga: Deputat so‘roviga befarq munosabat qonunga xilof hisoblanadi. Qonun talabiga muvofiq, deputat tegishli hududdagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslariga, ularning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirish yoki o‘z nuqtai nazarini taqdim etish talabini qo‘yish huquqiga ega.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslari deputat so‘roviga javobni, so‘rov olingan kundan e’tiboran, o‘n kun ichida taqdim etishlari shart.
Deputat so‘rovlari yuzasidan kelib tushgan axborotlar tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislarida muhokama etilishi mumkin.
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyati