Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Dolzarb 90 kunlik” deputat nigohida
янв.21
Tuman Kengashi norma ijodkorligida — ochiqlik va jamoatchilik ishtiroki ta’minlanmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan hashar tashkil qilindi.
янв.21
INVESTITSIYALAR – FAQAT IQTISODIY TARAQQIYOTNING EMAS, BALKI TINCHLIK VA BARQARORLIKNING HAM KAFOLATIDIR!
янв.21
Deputatlar bitiruvchi yoshlarga omad tiladilar!
янв.21
Deputat nizoli oilalarni yarashtirib, jamoada totuvlikni ta'minlamoqda!
янв.21
Aprel oyi – "Korrupsiyaga qarshi kurashish" oyligi doirasida deputatlar muloqot o‘tkazmoqdalar.
янв.21
Har bir murojaat ijrosi deputatlar nigohida.
янв.21
“YASHIL MAKON” umummilliy harakati doirasida bog‘ barpo etilmoqda!
янв.21
Xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashi deputati Arslon Toshpulatov Jomboy tumani "Shirinkent" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Aprel oyi – "Korrupsiyaga qarshi kurashish" oyligi doirasida deputatlar muloqot o‘tkazmoqdalar.

 Joriy yilning aprel
oyida mamlakatimizda e’lon qilingan "Korrupsiyaga qarshi kurashish"
oyligi doirasida turli tadbirlar, uchrashuvlar va suhbatlar tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashi deputati R.Ochilova
tumandagi


55- umumta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv
o‘tkazdi.Uchrashuvda korrupsiyaning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, uning
oqibatlari va bu illatga qarshi kurashishda yoshlarning o‘rni keng muhokama
qilindi. R.Ochilova o‘z nutqida korrupsiya nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy
taraqqiyotga ham katta to‘siq bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. U, shuningdek, bu
illatga qarshi kurashda huquqiy savodxonlikni oshirish, halollik va adolat
tamoyillarini yosh avlod ongiga singdirish zarurligini alohida qayd etdi. Deputat
o‘quvchilarga o‘zining hayotiy tajribalari va kasbiy faoliyatidan misollar
keltirgan holda, har bir fuqaroning halol va vijdonan yashashi orqali
korrupsiyaga qarshi kurashish mumkinligini tushuntirdi. Suhbat davomida
o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, muhim
mavzular yuzasidan fikr almashishdi.
 

Tadbir yakunida
R.Ochilova bitiruvchilarga kelgusi hayotlarida halollik, mehnatsevarlik va
qonunlarga hurmat bilan yondashishlari, yurt ravnaqi yo‘lida faol bo‘lishlarini
tilab qoldi. Uchrashuv barcha ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirib,
yoshlarda huquqiy ongni oshirishga xizmat qildi.
  

Slide 1 of 2