Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tuman Kengashi deputati tomonidan deputatlik nazorati olib borilmoqda

 Tuman Kengashi deputati tomonidan
deputatlik nazorati olib borilmoqda
 

16.04.2025 

🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashi deputati
S.Mirzaeva ishtirokida Farg‘ona tumani Mash’al MFY hududlarida tashkil etilgan Kichik
sanoat zonalarining bugungi faoliyati o‘rganildi.
 

🔹O‘rganishlar davomida Kichik sanoat zonalari salohiyatidan
foydalanishning hozirgi ahvoli, ularning samaradorligini oshirish imkoniyatlari,
to‘siq bo‘layotgan omillar, Kichik sanoat zonalarining yer maydonlaridan samarali
foydalanish holatiga aloxida e’tibor karatildi.
 

🔹 Ko‘zlangan maqsad tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash,
muammolarini o‘rganish hamda tadbirkorlar orqali xalqimiz uchun ish o‘rinlar yaratishdan
iboratdir. O‘rganishlarda tadbirkorlar bilan suxbat o‘tkazilib, masala yuzasidan
deputat tomonidan qo‘shimcha taklif va tavsiyalar bildirildi.
  

Slide 1 of 4