Sessiyasi ishida:
Tuman xalq qabulxonasining hududiy tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan 2025-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti to‘g‘risida;
Tumanda fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasidagi muhim chora-tadbirlar to‘g‘risida;
Tuman mahalliy byudjetining 2025-yil 1-choragi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash hamda kelgusi choraklarda mahalliy byudjetlarning daromad va xarajatlari sifatli ijro etilishini ta’minlash to‘g‘risida;
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi Nizomi va tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida;
Аrnasoy tuman prokuraturasining 2025-yil 28-martdagi 15/03-25-sonli “Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish va ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida”gi taqdimnomasi to‘g‘risida, masalalar muhokama etildi.