Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat mahallada

2025 yil 11 aprel kuni xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari M.X.Tadjiyeva va M.Toshmuxamedova Sharq va Sharaf mahallalaridagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatlari bilan tanishdilar.

Tanishish jarayonida mahalliy tadbirkorlar bilan muloqot orqali ularning muammolari va takliflari o’rganildi.

Shuningdek, Sharq va Sharaf mahallalaridagi tadbirkorlar uchun qo‘llab-quvvatlovchi davlat dasturlari va grantlar, ish o‘rinlari yaratish va yangi texnologiyalardan foydalanish orqali ularning faoliyatini yanada rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Slide 1 of 5