Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Yoshlar vabiznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 53-maqsad 34-bandida hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish (Viloyatda jamoat transportining 4 ta yangi yo‘nalishlar tarmog‘ini tashkil etish; hududlarda jamoat transportida elektron to‘lovlar jozibadorligini oshirish va elektron to‘lovlar ulushini o‘rtacha 30 foizga yetkazish; hududlarda jamoat transporti uchun yangi zamonaviy jami 60 ta avtobus xarid qilish; hududlarda 35 ta oraliq bekatlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini tashkillashtirish; avtobuslar harakatiga ustuvorlik berish maqsadida hududlarda jamoat transporti uchun alohida avtobus yo‘laklarini 3,2 km ga yetkazish; jamoat transportining 14 ta yangi yo‘nalishlar tarmog‘ini tashkil etish) vazifasi belgilangan. Ushbu yo‘nalishda Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining “Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda hududda amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish maqsadida jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishi bo‘yicha masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, o‘rganish natijalari yuzasidan tegishli idoralarga deputatlik so‘rovi kiritilishi ko‘zda tutilgan.