35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

💧 Uyg‘ur MFY hududidagi suv minorasi holati o‘rganildi

💧 Uyg‘ur MFY hududidagi suv minorasi holati o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputatlari Y.Musayev, Sh.Radjapov hamda tuman Suv ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan Uyg‘ur MFY hududida joylashgan suv minorasining holati o‘rganildi.

💦 O‘rganish davomida suv minorasining texnik holati, undan foydalanish jarayoni, hududning obodonlashtirilganlik darajasi hamda aholini uzluksiz va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

🔧 Suv inshootining barqaror ishlashini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.

🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha suv ta’minotini yaxshilash, suv minorasining texnik holatini doimiy nazorat qilib borish hamda aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

💧 Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, suv inshootlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash hamda mavjud muammolarni joyida o‘rganish deputatlar va mas’ul tashkilotlar tomonidan doimiy nazoratga olinmoqda.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2