Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi. 21-25 sentyabr kunlari amalga oshiradigan ish reja bilan tanishing .
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Ushbu faoliyatlar joylardagi dolzarb masalalarni aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan.
21-sentyabr dushanba
Deputat Jo'rayev Akbar tomonidan hududigadi 24 ta yo‘nalishi asosida hududiy o‘rganishlarni amalga oshiradi.
Mas’ul:M Choriyeva
22-sentyabr seshanba
Deputat Primqulov Rustam tomonidan 24-tavsiya boʻyicha o'rganish.Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati bilan ishlash
Mas’ul:J.Raximqulov
M.Choriyeva
23-sentyabr chorshanba
Deputat Almardonov Nurqobil tomonidan hududidagi inshootlarni o'rganish.Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati bilan ishlash
Mas’ul:M.Choriyeva
24-sentyabr payshanba
Deputat Qulliyev Ergash tomonidan hududda olib borilayotgan loyihalar hamda 24-tavsiya ijrosi yuzasidan o'rganish Ijtimoiy soha,yoshlar siyosati,madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati bilan ishlash.
Mas’ul:M.Choriyeva
25-sentyabr juma
Deputat Sadatov Mustafo tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash. Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududiy o‘rganishlarni amalga oshiradi.Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati bilan ishlash
Mas’ul:M.Choriyeva
O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Olingan natijalar tahlil qilinib, kelgusi haftaning ustuvor vazifalari shakllantiriladi.
Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Hududlarda olib borilayotgan tizimli ishlar orqali aholining muammolarini hal etish, ochiq muloqotni ta’minlash hamda samarali deputatlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.