O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi O‘RQ-763-son Qonuni to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qonun qarzdor va kreditorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash bilan bog‘liq masalalarni belgilaydi.
📌 Qonunda to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari, qarzdor va kreditorlarning huquq hamda majburiyatlari, sudgacha sanatsiya qilish, kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritish tartiblari belgilangan.
👤 Shuningdek, jismoniy shaxslarning to‘lovga qobiliyatsizligi bilan bog‘liq masalalar, qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash hamda kreditorlar talablarini qondirish tartiblari ham nazarda tutilgan.
🏛 Mahalliy Kengash va deputatlar hududda ushbu qonun talablarining ijrosi, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari ta’minlanishi hamda to‘lovga qobiliyatsizlik bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish orqali deputatlik nazoratini amalga oshirishlari mumkin.