🔹Jizzax shahrida yozgi taʼtilni mazmunli tashkil etishga qaratilgan «Dolzarb 90 kun» dasturi ijrosi Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati A.Ro‘ziyev tomonidan monitoring qilindi.
🔹 O‘rganishlar davomida taʼlim muassasalaridagi sport va ilm-fan to‘garaklari faoliyati ko‘zdan kechirilib, yoshlar qamrovini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
🔹Hududlardagi ushbu dastur doirasidagi tadbirlar va ularning amalga oshirilishi bo‘yicha deputatlik nazorati tizimli ravishda davom ettirilmoqda.