Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat taraqqiyoti va islohotlar samaradorligining muhim omili.

Ish rejasiga asosan Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari A. Appaqov, X. Xolmatov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari Sh. Yusupov va O. Olimjonovlar Andijon shahridagi “Taraqqiyot” MFYda bo‘lishdi.

Tashrif davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Avazbek Appaqov mahalla yettiligi a’zolariga korrupsiyaning oldini olish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda faoliyatni shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etish yuzasidan tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, Andijon shahar IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari Mirzohid Mamirjonov tomonidan har dushanba kuni ichki ishlar boshqarmasida o‘tkaziladigan “Ma’rifat soati”ga taklif etildi. Unda deputatlar korrupsiyaning oldini olish va uning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan ma’ruzalari bilan ishtirok etishlari kelishib olindi.

Slide 1 of 2