Mahalla rivoji va aholi farovonligi – e’tibor markazida
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov “Shodlik” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan muloqot olib bordi.
Suhbat davomida mahalla hududini obodonlashtirish va rivojlantirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida va samarali hal etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mahallada ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishilib, mavjud holat o‘rganildi. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, mahallada sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish va aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot yakunida faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram