Yangiliklar

🔰Deputat mahallada: Muammolar joyida o‘rganilmoqda.

🔸Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati X.Xamdamova o‘zi saylangan hududdagi fuqarolarning ijtimoiy ahvoli va yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida Jizzax shahar “Zilol” mahallasida bo‘ldi.

🔸Tashrif davomida Ma‘rifat ko‘chasi, 56-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro B.Mamediyevaning xonadoniga kirib, uning ijtimoiy muammolari va turmush tarzi bilan yaqindan tanishdi. O‘rganishlar davomida ma‘lum bo‘lishicha, B.Mamediyeva bir necha oydan buyon og‘ir ko‘z kasalligi - katarakta bilan og‘rib, davolanib kelmoqda.

🔸Deputat X.Xamdamova ushbu ijtimoiy muammoni zudlik bilan o‘z nazoratiga oldi. Fuqaro B.Mamediyevaning sog‘ligini tiklash bo‘yicha tegishli masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlar boshlandi.

Slide 1 of 2