Yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

Deputatlar va maktab jamoasi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda 3-Poshxurt saylov okrugi deputati I. Nuriddinov tomonidan “Poshxurt” mahallasidagi 12-sonli umumta’lim maktabida sayyor uchrashuv tashkil etildi.

🏫 Uchrashuv jarayonida maktab jamoasi bilan bevosita muloqot o‘rnatilib, ta’lim sifati, moddiy-texnik baza, o‘quv jarayonidagi mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

🔎 Shuningdek, maktabdagi mavjud sharoitlar joyiga chiqib o‘rganildi va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilab olindi.

📝 Bildirilgan taklif va murojaatlar asosida masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

🤝 Ushbu uchrashuv hududda ta’lim sifatini oshirish, muammolarni tizimli hal etish hamda aholining murojaatlariga e’tibor qaratish borasidagi ishlarning izchil davom etayotganidan dalolat beradi.

Slide 1 of 5