🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi bilan “Madad” NNT hamkorlik to‘g‘risidagi 2026-yil 16-fevralda imzolangan memorandum ijrosi yuzasidan.
🔸Jizzax shahar “Madad” NNT huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi O.G‘ulomov hamda Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati K.Yarmatov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Yakubovlar bilan birgalikda “Toshloq” MFY hududida yashovchi aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
🔸Shuningdek, uchrashuvda mahallada yechimini kutayotgan masalalar va fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolar ham o‘rganildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib ijrosi nazoratga olindi.