Yangiliklar

🔰Ochiq muloqot o‘tkazildi.

🔸Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari B.Toshpo‘latov va G Anorboyevalar tomonidan “Qaliya” MFY “yettiligi” aʼzolari va tegishli tashkilot vakillari bilan birgalikda ushbu hududida yashovchi aholi bilan mavjud masalalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

🔸Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va aholi salomatligiga oid masalalar bo‘yicha murojaat va takliflar bildirildi.

🔸Fuqarolarga, muammolar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib hamda ularni hal etilishi bo‘yicha Jizzax shahar SEOJS boshqarmasi Jizzax shahar bo‘limi masʼullariga ko‘rsatmalar berildi va ijrosi yuzasidan deputatlar tomonidan nazoratga olindi.

🔸Shuningdek, deputatlar mahalladagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida ham ishtirok etishdi.

Slide 1 of 3