Yangiliklar

Deputat Sh.Nazarova tomonidan "deputatlik so‘rovi" yuborildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Nazarova tomonidan "deputatlik so‘rovi" yuborildi.

Qo‘qon shahar “Galabaqqolik” mahalla fuqarolar yig‘ini Egarchilik ko'chasi 12-a uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Mashukurova tomonidan boquvchisi yo'qligi, sharoiti og'irligi sababli, o'zini-o'zi band qilish maqsadida unga tikuv mashinasi ajratish yuzasidan amaliy yordam so'rab murojaat qilindi.

Ushbu murojaat bo'yicha Qo‘qon shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi boshlig'i nomiga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar deputati Sh.Nazarova tomonidan "deputatlik so‘rovi" jo‘natildi.