#rahbar_va_yoshlar #Andijon_shahar #faol_yoshlar #deputat_faoliyati #yoshlar_uchrashuvi
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon shahar hokimi Elyorbek Karimov tomonidan bugun Yoshlar kuni munosabati bilan shahrimiz yoshlari bilan ochiq va samimiy muloqoti tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv do‘stona va ochiq ruhda o‘tib, yoshlar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar, taklif va tashabbuslarini erkin bayon etdilar. Ularning ko‘tarilgan masalalariga joyida atroflicha muhokama qilinib, ko‘plab murojaatlarga ijobiy yechimlar topildi.
Shuningdek, mas’ul mutasaddi rahbarlarga yoshlar murojaatlarini o‘z vaqtida, sifatli va tezkor hal etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Bunday ochiq muloqotlar yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini chuqur o‘rganish va kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.