Urg‘uch mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 23-Pulatchi saylov okrugidan saylangan deputat Xalikulov Baxtiyor Ortiqovich tomonidan Urg‘uch mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.
🔍 O‘rganish jarayonida:
— aholi murojaatlari bilan ishlash holati
— muammolarni bartaraf etish samaradorligi
— profilaktik tadbirlar sifati atroflicha tahlil qilindi.
🤝 Deputat aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratish yuzasidan muhim tavsiyalar berdi.