🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati, kotibiyat mudiri M.Adilova tomonidan “A.Navoiy” MFY “yettiligi” aʼzolari bilan birgalikda ushbu hududda yashovchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🔸Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi muammolarini o‘rganish, ularning taklif va murojaatlarini tinglash hamda mavjud masalalarga yechim topishdan iborat bo‘ldi.
🔸Shuningdek, deputat tomonidan so‘nggi vaqtlarda qabul qilingan qonunlar, ularning mazmun-mohiyati hamda aholi hayotidagi ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.