Yangiliklar

Saylovchilar murojaatlari — amaliy yechimlar markazida

✔️ Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati D.Abulkasimova tomonidan 16-Sazag‘on saylov okrugiga qarashli Saroy mahallasida navbatdagi saylovchilar qabuli tashkil etildi.

✔️ Qabul jarayonida mahalla aholisi tomonidan turli ijtimoiy-maishiy masalalar, infratuzilma va kundalik turmushga oid muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Deputat har bir murojaatni atroflicha o‘rganib, ularni joyida hal etish choralarini ko‘rdi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatdi.

✔️ Shuningdek, ayrim masalalar bo‘yicha mas’ul idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

✔️ Bunday ochiq muloqotlar aholining dardini tinglash, ularni qiynayotgan muammolarga tezkor yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 3