Yangiliklar

🔰 Tashabbusli byudjet loyihalari ijrosi o‘rganildi.

🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari M.Mamatqulov va B.Toshpo‘latovlar tomonidan tashabbusli byudjetning 2025 yil 2-mavsum doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning bajarilish holati o‘rganildi.

🔸O‘rganish jarayonida Jizzax shahrida olib borilayotgan qurilish va taʼmirlash ishlari, loyihalarning belgilangan muddat va sifat talablariga muvofiq bajarilishiga alohida eʼtibor qaratildi.

🔸Shuningdek, masʼullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va loyihalarni o‘z vaqtida sifatli yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📌 O‘rganish ishlari davom etmoqda.

Slide 1 of 10