Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yuldasheva Sevara Yangi turmush mahallasida joylashgan Sharof Rashidov nomidagi ko‘p tarmoqli Markaziy poliklinika shaxobchasida bo‘ldi. Mazkur mahallada jami 10 792 nafar aholi istiqomat qiladi, oilalar soni esa 2 470 tani tashkil etadi. Tashrif davomida deputat muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, dori-darmon ta’minoti hamda shifokorlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, deputat mahalla aholisi bilan suhbat qurib, ularning murojaat va takliflarini tingladi. Bildirilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ayrim muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.