Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat nazorati

🫥Deputat 1-son Politexnikumida o‘quv jarayonlari, xususan, elektromontyorlik hamda avtomobillarni ta’mirlash yo‘nalishlarida olib borilayotgan amaliy mashg‘ulotlar bilan tanishdi. Mazkur ta’lim muassasasi 1-son Politexnikumi – yoshlarni zamonaviy kasb- unarga o‘rgatishda muhim o‘rin tutmoqda. Elektromontyorlik yo‘nalishida o‘quvchilar elektr jihozlarini o‘rnatish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, elektr tarmoqlarini montaj qilish va nosozliklarni aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallamoqdalar. Mashg‘ulotlar maxsus jihozlangan ustaxonalarda olib borilib, o‘quvchilar xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy amal qilgan holda ishlashni o‘rganishmoqda. Bu esa ularning kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga zamin yaratadi.

Slide 1 of 1